Rossiyada yana bir koronavirus bilan bogʻliq holat qayd etildi. Bu haqida Rospotrebnadzor xabar qildi.

Foto: Poisknews

Kasallangan shaxs Italiya fuqarosidir. U Rossiyaga 29 fevral kuni kelgan, 2 mart kuni esa OʻRI alomatlari bilan tibbiy yordam soʻrab murojaat qilgan. Italiyalik infektsiya boksiga yotqizilgan, tahlil esa koronavirusni aniqlagan.

Idorga xabariga koʻra, bemorning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.

“Kasallik yengil klinik shaklida oʻtmoqda, kasallikni yengillashtiruvchi tabobat oʻtkazilmoqda”, – deyilgan xabarda.

Shuningdek, Rossiyada bemor bilan muloqot qilganlar ham shifokorlar nazoratiga olingan.

Rossiyada ilk ikkita koronavirus bilan kasallanish holati yanvar oxirida aniqlangan edi. Har ikkila bemor Xitoy fuqarolari edi. Ular shifoxonada davolanishda va tuzalgandan keyin ularga javob berildi.

Yana bir koronavirus bilan kasallanish holati Rossiyada 2 mart kuni kuzatilshgan edi. Oʻshanda kasallik Italiyadan qaytgan rossiyalikda aniqlangan. Hozir u karantinga joylashtirilgan va davolanmoqda.