Arktika qitʼasi ustida ozon qatlami keskin kamayib xavfli darajalarga yaqinlashmoqda, xabar qilmoqda RIA Novosti “Rosgidromet” mutaxassislariga asosan.

Foto: Sputnik

Arktika ustida, Stratosfera qatlamida 2020 yilning mart-aprel oylarida ozon qatlamining keskin kamayishi kuzatilmoqda. Fevral oyining oxirida ozon qatlamining umumiy zichligi koʻp yillik miqdorga nisbatan  kamayishi (OSO) Sharqiy Sibir ustida OSO kamayish miqdori – 30-40 Dobson birligiga yetdi.

Dobson birligi ozon qatlamida ozon teshigi bor yoki yoʻqligini aniqlash imkonini beradi. OSO miqdori 220 Dobson birligidan kam boʻlganda – ozon teshigi bor hisoblanadi.

Mutaxassislar xabariga koʻra, shimoliy yarim sharda ozon tuynugi paydo boʻlishiga bu yil ushbu hudduda kuzatilgan ekstremal past havo harorati (-78 gradus) hamda stratosfera bulutlari koʻpligi sabab boʻlgan.

“Ozon qatlamining buzilishi Yer ustida ultrafiolet radiatsiyasining ortishiga olib kelishi mumkin. bu inson sogʻligʻi uchun juda xavfli”, – deyishdi olimlar.

Rosgidromet olimlari maʼlumotiga koʻra, 2011 yilda sodir boʻlgan ozon qatlamining buzilishi shimoliy yarim sharda, jumladan Moskvada UF-radiatsiya darajasi oshishiga olib kelgan. Arktika hududida ozon qatlamining keskin buzilishi 2011, 2016, 2005, 1997 va 1996 yillarda kuzatilgan.

Ozon qatlami insoniyatni va barcha tirik mavjudotlarni quyosh radiatsiyasidan himoya qiluvchi yagona vositadir. Agar ozon qatlami yoʻq boʻlib ketsa quyosh Yer sharini Marsga oʻxshagan tirik jon mavjud boʻlmagan choʻlga aylantirib yuborishi mumkin. Bir necha million yil oldin shunga oʻxshash fojea sodir boʻlgan va Yerdagi barcha jonzotlar qirilib ketgan.