Ushbu reys Toshkent vaqti bilan soat 17:21da Uzbekistan Airways aviakompaniyasining charter reys orqali Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo`ndi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Samolyot 250 nafar O`zbekiston fuqarolari, ekipaj a`zolari hamda,tibbiyot xodimlari zamonaviy himoya vositalari bilan ta`minlangan virusologiya mutaxasislari Xitoydan olib kelindi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

«Charter reysga Sog‘liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy tekshirish institutining yuqumli kasalliklar bo‘yicha tajribali mutaxassis va epidemiolog-shifokorlari hamrohlik qilishdi. Ular tomonidan evakuatsiya qilingan yo‘lovchilar samolyotga chiqish paytida dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Lozim bo‘lganda zarur tibbiy yordam ko‘rsatish va parvoz paytida biologik xavfsizlikni ta’minlash uchun barcha zarur vositalar taqdim etildi.

Xitoydan olib kelingan vatandoshlarimiz koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, xavfsiz sanitariya-epidemiologik holatni ta’minlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida maxsus tayyorlangan tibbiyot muassasasiga joylashtiriladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga asosan, koronavirus inkubatsiyasi davrini hisobga olgan holda, Xitoydan olib kelinayotgan fuqarolarimiz ikki hafta davomida xalqaro sanitariya-epedimiologiya talablari asosida qat’iy karantin holatida saqlanadi. Shu davr yakuniga qadar harorati ko‘tarilgan yoki boshqa kasallik alomatlari yuzaga kelganda zudlik bilan alohidalash, maxsus laboratoriya tekshiruvidan to‘liq o‘tkazish hamda davolash ishlarini standartlar bo‘yicha olib borish uchun barcha zarur choralar ko‘rilgan. Shu davrda ularning oila-a’zolari bilan uchrashishi taqiqlanadi. Yaqinlari bilan faqat maxsus telefon aloqasi orqali muloqot qilishi mumkin bo‘ladi.

Tashkil etilgan vaqtincha karantin muassasalarida yuqumli kasalliklar bo‘yicha malakali virusolog, epidemiolog va boshqa yetakchi shifokor-mutaxassislar ish olib borishadi. Ular xavfli infeksiyalarga qarshi kurashda tashxis qo‘yish, davolash hamda karantin tadbirlarini tashkillashtirish tajribasiga ega. Shifokorlar karantin muassasasida belgilangan muddat yakuniga yetgunga qadar faoliyat olib borishadi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi  Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi