2020 yil mart oyining boshlarida tungi vaqtlarda Oqdaryo tumani Yangihayot mahalla fuqarolari yig‘iniga qarashli Yangihayot, Yangiqo‘rg‘on hamda Galaravot qishloqlaridagi xonadonlarda ochiq va qarovsiz qolgan qo‘y va tovuqlarga «yovvoyi hayvon» hamla qilib ketayotganligi haqida gap-so‘zlar tarqaldi.

Foto: Xabar

Viloyat IIB axborot xizmati boshlig‘i Jahongir Sagdullayevning xabar berishicha, holatni o‘rganish maqsadida tuman Ichki ishlar bo‘limi, tuman hokimligi, tuman DSENM, tuman Veterinariya va ko‘ngilli fuqarolardan iborat ishchi guruh tuzilgan.

Joriy yilning 4 mart kuni tuman hududidagi ovchilik jamiyatiga a’zo bo‘lgan ovchilar ko‘ngilli ravishda tadbirga jalb etildi va Yangihayot mahallasi qishloqlaridagi xonadonlarda kuzatuv ishlar tashkil etildi. Taxminan soat 16:00 larda Yangihayot qishlog‘idan o‘tib ketayotgan «yovvoyi hayvon», ya’ni shoqol aniqlanib, ovchilar tomonidan otish yo‘li bilan yo‘q qilingan.