Koronavirusdan birinchi o’lim Shveytsariyada qayd etildi. Bu haqida payshanba kuni Shveysariya Telegraf agentligi mahalliy politsiyaga tayanib ma’lum qildi.

Foto: RIA novosti

Ta’kidlanishicha, 3 martdan beri Lozanna shahridagi Vaud kantonidagi kasalxonada davolangan 74 yoshli ayol vafot etgan.

“2020 yil 5 mart, payshanba kuni CHUV xizmatlari (Kantonining Universitet kasalxonasi markazi) kantonal shifokorga 3 mart kuni kasalxonaga yotqizilgan koronavirus bilan kasallangan 74 yoshli bemor tunda vafot etganligi to’g’risida xabar berdi”, deyiladi politsiya bayonotida

Ta’kidlanishicha, marhum erkak surunkali kasalliklarga chalingan.