Isajon Sultonov Innovatsion rivojlanish vazirining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Xabar

“Boqiy darbadar”, “Ozod”, “Genetik”, “Bilga Xoqon” romanlari, “Munojot”, “Onaizorim”, “Robiya Balxiy” kabi qissalar va turli mavzudagi hikoyalar muallifi. Asarlari ingliz, turk, nemis, rus tillariga tarjima qilingan. “Boqiy darbadar” romani “The Eternal Wanderer” nomi bilan AQShda, “Bog‘i Eram” hikoyalar to‘plami Turkiyada nashr qilingan. Asarlari “Vatan uchun yashaylik” (O‘zbekiston), “Lexicon” (AQSh), “Guncel Sanat” (Turkiya) va “Open Eurasia” (Angliya) xalqaro tanlovlari g‘olibi deb topilgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi (1996).

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” (2014).
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti huzuridagi Atamalar komissiyasi a’zosi.