Bu haqida O’zqurilishmateriallari yozmoqda.

Foto: O’zqurilishmateriallari axborot xizmati

Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallariga bo‘lgan talab nafaqat mahalliy balki, jaxon bozorlarida ham o‘sib bormoqda. Ayniqsa, gipsokarton, issiqlik saqlovchi shisha momig‘i, ohak, keramik plitkalar, gips kabi mahsulotlar eksporti yildan – yilga ortmoqda.

Tahlillarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2019 yilda qurilish materiallari sohasi uchun eksport prognozi 95,0 mln. dollar miqdorida belgilangan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich eksporter korxonalar tomonidan 140 mln. dollar yoki 147 foizga bajarildi.