Gazli neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “To‘maris” gazkondensat konidagi 12 – sonli quduqda burg‘ulash ishlari tugatildi. Bu haqida “O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Foto: Sputnik

Ushbu quduqning 2036 – 2031 m intervallar oralig‘ida perforatsiya qilindi. Natijada quduqdan kunlik 200 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz qazib chiqarilishiga erishildi.

Ma’lumot uchun: «To‘maris» gazkondensat koni Buxoro viloyatining Romitan tumanida joylashgan bo‘lib, 2019 yil dekabr oyida ishga tushirilgan.