Qirg‘izistonda milliy bosh kiyim – oq qalpoq kuni nishonlanmoqda. Bu haqida Namangan haqiqati yozmoqda.

Foto: Namangan haqiqati

Bayram bu davlatda 2011 yil 5 martdan beri nishonlab kelinadi.

Bu kun sharafiga Qirg‘izistondagi oliy o‘quv yurti talabalari dunyodagi eng katta, balandligi 3 metrga teng, an’anaga ko‘ra tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan oq qalpoq tayyorlashgan.

Mamlakatdagi ko‘plab muassasa xodimlari bugun ish joylariga oq qalpoq bilan kelishgan.

Oq qalpoq Qirg‘izistonda juda mashhur. Hozirda uning turlari juda ko‘p. U yoz faslida boshni issiqdan, qish faslida esa sovuqdan asraydi.