DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan “Qoraqalpog‘iston” temiryo‘l o‘tkazish punktida “Beyneu – Nukus” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan poezd vagonlari tekshirilganda M.T. ismli fuqaro belgilangan qonunlarni buzgan holda umumiy qiymati 85 mln. so‘mlik tovar – moddiy boyliklari olib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqida DXX Chegara qo‘shinlari axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: DXX Chegara qo‘shinlari axborot xizmati

Shuningdek, Farg‘ona tumanining chegaraoldi hududida o‘tkazilgan tadbirlar davomida Davlat chegarasi orqali noqonuniy ravishda olib kirilayotgan umumiy qiymati 241 million so‘mga teng bo‘lgan sifati kafolatlanmagan turli xil tabletka va boshqa mahsulotlar qo‘lga olindi.

Bundan tashqari Farg‘ona tumanining chegaraoldi hududida qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi tomondan noqonuniy ravishda Davlat chegarasini buzib, mamlakatimizga kirmoqchi bo‘lgan uch nafar shaxs faoliyatiga chek qo‘yildi va umumiy qiymati 68 million so‘mga teng bo‘lgan turli tovar – moddiy boyliklari belgilangan tartibda musodara qilindi.