Kuni kecha viloyat hokimligida Misr Arab Respublikasining “Kapo Agri Group” kompaniyasi bilan Norin tumanida 80 gektar maydonda zamonaviy baliqchilik kompleksi barpo etish bo‘yicha investitsion shartnoma imzolandi. Bu haqida Namangan haqiqati yozmoqda.

Foto: Namangan haqiqati

Hujjat viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va “Kapo Agri Group” kompaniyasi prezidenti Alaa Kamar Gamal tomonidan imzolandi.

Unga ko‘ra, umumiy qiymati 4 million dollar bo‘lgan ushbu kompleks 100 foiz xorijiy investisiya hisobidan amalga oshiriladi.

Kompeks afrika laqqasi, forel’ va boshqa baliq turlari yetishtirishga ixtisoslashadi.

Yillik 1,5 million dollar eksportni mo‘ljallanayotgan ushbu korxona kelgusi yili qurib foydalanishga topshiriladi.