Janubiy Koreya Respublikasida kimyo zavodida portlash yuz berdi, jabrlanganlar 56 kishiga yetdi, deb xabar tarqatdi “Yonhap” axborot agentligi.

Foto: O’zA

Kecha Seul shahridan 120 chaqirim narida Sosan shahridagi Lotte Chemical korporatsiyasiga qarashli zavodda ro‘y bergan portlash yong‘in keltirib chiqargan. Hodisa neft mahsulotlarining yonishi oqibatida yuzaga kelgan, hech kim zaharlanmagan, deyiladi xabarda.

Portlash kuchidan 30 kilometr uzoqlikdagi binolar ham zarar ko‘rgani aytilmoqda. Jabrlanganlar orasida nafaqat zavod ishchilari, balki tevarak-atrofdagi uylarda yashaydigan odamlar ham bor.