1982 – 1991 yillarda BMTning Bosh kotibi bo’lib ishlagan Peru diplomati Xaver Perez de Kuellar 100 yoshida vafot etdi. Bu haqida chorshanba kuni Peru radiostansiyasi “RPP” diplomat o’g’lining bayonotiga asoslanib xabar berdi.

Xaver Peres de Kuellar

Uning so’zlariga ko’ra, de Kuellar uyida vafot etgan, o’lim tabiiy sabablar tufayli bo’lgan, deyiladi xabarda.