Janubiy Koreyada so’ngi bir kun ichida COVID – 19 koronavirusi bilan 438 ta yangi yuqtirish holatlari aniqlandi, ularning umumiy soni 5766 kishini tashkil qildi, deya xabar berdi mamlakat tibbiy idoralari.

Foto: O’zA

Vafot etganlar soni 35 nafarni tashkil etmoqda.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, tasdiqlangan koronavirus infeksiyasining 60% dan ortig’i Tegu shahridagi Shincheonji diniy sektasi bilan bog’liq, bu yerda 2,4 milliondan ortiq kishi istiqomat qiladi. 438 ta yangi holatdan 320 tasi shaharda, 87 tasi Shimoliy Kyonsan provinsiyasida aniqlangan.

Ushbu qaror arafasida Koreya Respublikasi hukumati koronavirus epidemiyasi bilan kurashish uchun 11,7 trillion von (9,91 milliard AQSh dollari) miqdorida mablag’ ajratishgan, shuningdek, iqtisodiyotga ta’sirni minimallashtirish va uning o’sishini jadallashtirish maqsadida biznesni va fuqarolarni qo’llab – quvvatlashga qaror qildi.

Bugungi kunda Janubiy Koreya koronavirus infeksiyasining Xitoydan keyin dunyodagi ikkinchi markazidir, Xitoyda so’ngi ma’lumotlarga ko’ra, 3 mingdan ortiq kishi COVID – 19 qurboniga aylangan , 80 mingdan oshiq odam yuqtirgan.