Ichki ishlar vazirligi tomonidan uchta yangi tayinlov amalga oshirildi. Bu haqida vazirlikning axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: IIV matbuot xizmati

Podpolkovnik Sattorov Shuxrat Jovliyevich
Surxondaryo viloyati IIB, Patrul – post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Sh.Sattarov, Surxondaryo viloyati IIB, Jarqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Soipov Ilxom Vaxobovich
Surxondaryo viloyati IIB, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar I.Soipov, Surxondaryo viloyati IIB, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-yo‘l-patrul’ xizmati otryadi komandiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Ergashev Ilxom Abdumutalifovich
Farg‘ona viloyati IIB, Patrul – post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar I.Ergashev, Farg‘ona viloyati IIB, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.