Fransiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni kuniga 73 kishiga ko’payib, 285 kishiga yetdi. Yangilangan statistikani chorshanba kuni mamlakat sog’liqni saqlash boshqarmasi bosh direktori Jerom Salomon matbuot anjumanida e’lon qildi.

Foto: France 24

“Bugungi kunda Fransiyada koronavirusni aniqlash holatlari soni 285 taga yetdi. Shunday qilib, bir kunda ularning soni 73 ga oshdi”, dedi u. “Hozir 15 kishi reanimatsiyada.”