Britaniyalik razvedka xodimi Jeyms Bond haqidagi “O’lishga vaqt yo’q” nomli yangi filmning premyerasi koronavirus tarqalishi arafasida 2020 yil bahoridan noyabrgacha qoldirildi. Bu haqida “RIA novosti” yozadi.

Foto: MGM 2020

Avvalroq, “Agent 007” filmlari muxlislari o’zlarining MI6-hq.com veb-saytida ishlab chiqarish kompaniyalariga koronavirus tarqalishi sababli Buyuk Britaniyada yangi film premyerasini qoldirishni so’rab murojaat qilishgan edi.

“MGM, Universal Studios va Bond prodyuserlari Maykl Uilson va Barbara Brokkoli bugun jahon kino tarqatish bozoridagi vaziyatni batafsil o’rganib chiqib, baholaganlaridan so’ng “O’lishga vaqt yo’q” filmining namoyishi 2020 yil noyabrgacha kechiktirilishini e’lon qildi”, dedi Twitter’da.