Joriy yilning 4 mart kuni Surxondaryo viloyati, Muzrobod tumani, Shaffof mahallasi hududida o’rnatilgan “Yo’l harakati qoidalari”ning 3.27. “To’xtash taqiqlangan” yo’l belgisi ta’sir doirasi ostida “Lasetti” rusumli davlat raqam belgisi “75 281 VSF” bo’lgan xizmat avtomashinasi sababsiz to’xtab turganligi ma’lum bo’lgan. 

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Ushbu xizmat avtomashinasi biriktirilgan xodim Surxondaryo viloyati IIB YHXB YPXO 3 – safarbar guruhi YPX inspektori Sh.Xo’janovga nisbatan o’rnatilgan tartibda ma’muriy bayonnoma tuzildi. 

Xizmat avtomashinalari biriktirilgan barcha haydovchi xodimlardan zarurat bo’lmaganda, sababsiz “Yo’l harakati qoidalari”ni chetlab o’tib, boshqa transport vositalari erkin harakatlanishiga xalaqit bermasliklarini so’rab qolamiz, deyiladi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida