Nemis avtokonserni BMW yangi logotipini namoyish qildi. Unda avvalgi qora fon o‘rnini shaffof fon egallagan. Oq va moviy sektorlar – Bavariya bayrog‘i ramzlari o‘z o‘rnida qolgan.

Foto: BMW

Kompaniyaning izoh berishicha, yangi emblema raqamli texnologiyalar bozorida faol bo‘lgan yosh sotib oluvchilarni qiziqtirishi kerak. Yens Timerning so‘zlariga ko‘ra, logotip ochiqlik va ravshanlikni ifodalaydi.

Ushbu yangilangan logotip BMW i4 avtomobilida qo‘llaniladi. Ushbu model keyingi yildan seriyali ishlab chiqarila boshlaydi.

BMW so‘nggi marta o‘z logotipini 1997 yili yangilagan edi