Koronavirus tarqalish xavfi tufayli Eron 54 mingdan ziyod mahbuslarni qamoqxonalardan vaqtinchalik ozod qildi.

Foto: RIA novosti

Sud matbuot kotibi G‘ulomhusayn Ismoiliyning jurnalistlarga aytishicha, mahbuslar COVID – 19 testidan ijobiy o‘tib, garov puli bergach ozod qilingan.

Besh yildan ko‘proq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan “xavfsizlik mahbuslari” ozod qilinmaydi deb yozadi Bi-Bi-Si.

Hozirda Eron Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Kavkazning epidemiya markazi bo‘lib qolmoqda. Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra (3.4.2020, 17:43), Eronda 2922 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha Eron Xitoy hamda Koreyadan keyin uchinchi o‘rinda turibdi. 92 kishi koronavirusdan vafot etgan.

Shuningdek, Afg‘oniston, Ummon, Quvayt, Bahrain, Qatar, Iroq, Ozarbayjon, Gruziya, Armanistonda qayd etilgan koronavirus Erondan kelgan bemorlar bilan bog‘liq.