Meteorologlarning rasman tasdiqlashlaricha, 2020-yilning yanvari tarixdagi eng iliq oy boʻldi. Shu bois bahor fasli ham issiq boʻlishi kutilmoqda.

Foto: Sputnik

Butunjahon meteorologik tashkilotining xabariga koʻra, oʻrtacha haroratlar oldingi yillardagiga nisbatan ancha yuqori boʻlishini kutilmoqda. Bundan tashqari, Tinch okeanining sirt harorati ekvatorial kengliklarda juda katta darajada oʻzgarishi mumkin.

Atmosferadagi issiqxona gazlari energiyasining taxminan 90 foizi okeanlarga qaytariladi. Shu sababli chuqurliklarda jiddiy oʻzgarishlar roʻy beradi.

“Issiqlikdan tashqari, bahorda ekvatorga yaqin boʻlgan baʼzi joylarda koʻproq yogʻingarchilik kutilmoqda. Boshqa hududlarda yogʻingarchilik miqdori normadan kam boʻladi”, deya qayd etilgan xabarda.