Misr sayyohlarning mamlakatda bo’lishining maksimal ruxsatini 90 kundan besh yilgacha oshirdi. Tegishli qaror hukumat yig’ilishida qabul qilindi, deb xabar beradi “Egypt Independent”

Foto: Kleo.ru

“Yangi farmonga ko’ra, sayyohlar ilgari bitta kirish uchun 90 kun bo’lgan, mamlakatda bo’lish muddatini besh yilgacha uzaytirishi mumkin,” deyiladi hisobotda. “Biroq bunday vizalar faqat Misr konsulliklari va elektron viza murojaatlari portali orqali berilishi mumkin”

Bundan tashqari, yoz oylarida iyun – avgust oylarida to’g’ridan-to’g’ri Luksor aeroportiga kelgan sayyohlar viza uchun 10 dollar chegirmaga ega bo’ladilar. Hozirgi kunda bitta turistik vizaning narxi 25 dollarni, ko’p martali 60 dollarni tashkil etadi.

Avvalroq, Misr Tashqi ishlar vazirligi 2019 yil iyun oyida 46 davlat uchun elektron vizalarni joriy etish bo’yicha loyihaning birinchi bosqichi yakunlanganini e’lon qilgan edi.

Ushbu chora-tadbirlar chet ellik sayyohlarni mamlakatga jalb etishga qaratilgan. “MENA” rasmiy xabariga ko’ra, 2018 – 2019 moliyaviy yillarida Misrning sayyohlik daromadi bir yil oldingi 9,8 milliard dollardan 28 foizga o’sib, 12,2 milliard dollarga yetdi, deyiladi.