“Amilee bahora xususiy bandlik agentligi” MChJga nisbatan belgilangan tartibda jazo choralarini ko‘rish, litsenziyalanadigan faoliyat turini kamchiliklar bartaraf qilingunga qadar to‘xtatib turish masalasi yuzasidan bayonot berilgan edi, deyiladi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi telegram kanalida.

Foto: Xalq so’zi

“Amilee bahora” xususiy bandlik agentligiga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziya 2020 yilning 4 mart kunidan boshlab bekor qilindi.

Shu munosabat bilan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan talablarga binoan, “Amilee bahora” MChJ litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deyiladi xabarda.