O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tizimida uchta yangi tayinlov amalga oshirildi. Bu haqida Tergov departamenti axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining buyrug‘i bilan, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti Tergov faoliyatini tashkillashtirish boshqarmasi bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Xadjayev Otabek Valijonovich egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Tergov departamenti Tergov faoliyatini tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – tergov faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining buyrug‘i bilan, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti Tergov faoliyatini tashkillashtirish boshqarmasi tergov faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi Bazarov Rustam Baxadirovich egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Tergov departamenti surishtiruv ishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining buyrug‘i bilan, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti surishtiruv ishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi Oripov Sobirzoda Sobir o‘g‘li egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Tergov departamenti Tergov faoliyatini tashkillashtirish boshqarmasi tergov faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.