Buyuk Britaniyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 85 kishiga yetdi, kun davomida 34 ta yangi holatlarga tashxis qo’yilgan, deyiladi Britaniya Sog’liqni saqlash vazirligi “RIA Novosti”ga yuborgan bayonotida.

Foto: Reuters

Ayni paytda, bu 31 yanvar kuni Buyuk Britaniyada birinchi infeksiya holati aniqlanganidan beri eng katta ko’rsatgichdir.

Mamlakat bosh vaziri Boris Jonson kasallik soni ko’payishi mumkinligini aytdi. Britaniya hukumati mamlakatda virus tarqalishining oldini olish uchun harakatlar rejasini e’lon qildi: armiya tartibni ta’minlashga jalb qilinishi mumkin, maktablar, kollejlar va universitetlar yopilishi ham mumkin, odamlarga uyda ishlash va jamoat tadbirlarida qatnashmaslik buyuriladi.

Shu bilan birga, britaniyalik shifokorlar ko’pchilik uchun koronavirus bilan infeksiya xavfli emasligini va gigiyena muhimligini eslatib o’tdi.