Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarining 5.43-bandiga ko‘ra, “Radar” yo‘l belgisi – tezlikka rioya etilishi radar yordamida nazorat qilinayotganligini bildiruvchi belgi hisoblanadi.

Foto: Sputnik

Ushbu yo‘l belgisi belgilangan harakatlanish tezligi nazoratga olingan barcha joylarga o‘rnatilishi shart.

Stasionar maxsus texnika vositalaridan foydalaniladigan joylarda doimiy yo‘l belgilarini, ko‘chma maxsus texnika vositalaridan foydalaniladigan joylarda esa ko‘chma ustunga vaqtinchalik yo‘l belgilarini o‘rnatish ko‘zda tutiladi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
1 dekabrdagi 975-son qaroriga ko‘ra, YPX xodimi o‘z xizmat vazifalarini maxsus audio va video qayd etish qurilmalari bilan jihozlangan transport vositalaridan foydalangan holda oshkora usulda amalga oshiradi.

Yo‘llarda xizmatni yashirin olib borish taqiqlanadi.

Ko‘chma fotoradar va mobil’ komplekslar biriktirilgan YPX xodimlarining kunlik dislokatsiyasi bo‘lishi lozim.