Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari “Xalqaro armiya oʻyinlari – 2020”da ishtirok etish uchun Moskva shahriga yetib keldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot xizmati

Taʼkidlanishicha, mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov har bir jamoa bilan alohida suhbatlashgan va yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatgan. Shuningdek, vazir harbiylarga omad tilagan.

Harbiy xizmatchilar Moskva shahriga yetib kelgan va belgilangan hududlarga taqsimlangan.

Mavzuga doir:
O‘zbekiston armiyasida real zamonaviy jang sharoitiga moslashtirilgan majmuaviy maxsus mashqlar o‘tkazildi

Ma’lumot uchun, O’zbekistonlik harbiy xizmatchilar 23-avgustdan 5-sentabrga qadar boʻlib oʻtadigan Xalqaro armiya oʻyinlarida ishtirok etadi. “ArMI-2020″da ular Rossiya hududida boʻlib oʻtadigan 12 ta musobaqalarda ishtirok etishadi.