To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jayev lavozimidan ozod etildi. Bu haqida “Namangan haqiqati” yozmoqda.

Zulayho Mahkamova

Uning o‘rniga Xotin – qizlar qo‘mitasi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Zulayho Mahkamova tayinlandi.

Ma’lumot uchun:

Zulayho Mahkamova 1968 yili Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, Namangan Davlat pedagogika instituti va Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi o‘qituvchi – pedagog.