Dunyodagi eng ko’p tashrif buyurilgan muzey – Luvr chorshanba kuni tashrif buyuruvchilar uchun ochildi, koronavirusning tarqalishi bilan bog’liq xodimlarning qo’rquvi tufayli u ikki kun davomida yopiq qoldi.

Foto: Son

“4 mart, chorshanba, Luvr ochiq”, bu muzeyning Twitter- dagi akkauntida yozilgan.

Luvr yakshanba kuni xodimlarining maxsus yig’ilishidan so’ng tashrif buyuruvchilar uchun eshiklarni ochmadi. Dushanba kuni xodimlarning kasallik tarqalishidan xavotirlari sababli yopildi. Seshanba kuni muzey odatdagi dam olish kuni edi.