O‘zbekiston turistlar bemalol tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan, koronavirusdan xoli top-15 davlatlar reytingiga kiritildi. Bu haqda Britaniyaning The Telegraph gazetasi yozmoqda.

Foto: Nuz.uz

Birinchi o‘rinni Argentina egalladi, ikkinchi o‘rin – Namibiya, keyingi o‘rinlarda Kuba, Turkiya va Mongoliya bormoqda. 

The Telegraph gazetasi ro‘yxatida O‘zbekiston 14-o‘rinni egalladi.

Nashrning yozishicha, bu davlatlarda koronavirus yuqtirish holati aniqlanmadi va u yerda diqqatga sazovor maskanlar ko‘p.