Iroqda koronavirusdan birinchi o’lim qayd etildi , deb xabar bermoqda Rudaw kurd telekanali Sulaymoniya shahrining sog’liqni saqlash bo’limiga tayanib.

Foto: Ren tv

Kanalga ko’ra, koronavirus qurboni Iroq Kurdistonidagi Sulaymoniya shahridan 70 yoshli diniy amaldor bo’lgan. Uning Eronga bir kun oldin tashrif buyurgani yoki yo’qligi hozircha noma’lum.

Shifokorlarning so’zlariga ko’ra, bemorning ahvoli avvaliga beqaror edi, u intensiv terapiya olgan edi.

Xabarga ko’ra, koronavirusning tarqalishi fonida Iroq Kurdistoni hukumati bir qator profilaktika choralarini ko’rdi, jumladan maktablarni yopish va davlat muassasalarida ish vaqtini qisqartirish. Shu bilan birga, Iroq hukumati chegaralarni yopib qo’ydi va Eron bilan havo aloqalarini to’xtatdi. Erondan qaytgan iroqliklar 14 kun karantinda qolishlari shart deb belgilandi.