Bugun xalq deputatlari Qarshi tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Qudbiyev, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov va Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayevlar ishtirok etdi. Bu haqida Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati

Qashqadaryo viloyati tarixida ham ilk ayol hokim.

Viloyat mahalla va oilani qo‘llab – quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining Xotin-qizlarning ijtimoiy – siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Mustafoyeva Maqsuda Sayfullayevna Qarshi tumaniga hokim etib tayinlandi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda ayol hokimlar soni 4 nafarga yetdi.