Polshada yangi turdagi koronavirus keltirib chiqaradigan kasallikning birinchi holati tasdiqlandi. Bu haqida chorshanba kuni sog’liqni saqlash vaziri Lukash Shumovskiy matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Foto: Poisknews

“Bugun biz Polshada koronavirus infeksiyasini tasdiqlagan birinchi bemorning tahlillari natijalarini oldik”, dedi u. Uning so’zlariga ko’ra, bemor Germaniyadan kelgan va hozir Zielona Gora shahrida kasalxonaga yotqizilgan.

– U o’zini yaxshi his qilmoqda, deb qo’shib qo’ydi Shumovskiy.

“Biz protseduralarga muvofiq harakat qilamiz. Bemor bilan aloqa qilganlarning hammasi karantinga yuborildi”, dedi vazir. Hozirgi kunda yuqumli kasallik tufayli karantinda 500 kishi bor, deyiladi xabarda.