2020 yilning 4 – 7 mart kunlari Rossiyaning Primorye o‘lkasi Hukumati raisi o‘rinbosari Konstantin Shestakov boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, tashrif dasturida Investitsiya va tashqi savdo vazirligida, Transport vazirligida, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi va O‘zbekistondagi xususiy biznes vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.