9 may kuni Moskvadagi G’alaba Paradida Qirg’izistondan bo’lgan Ulug’ Vatan urushi qatnashchilarining uchtasi qatnashadi, Bu haqida Rossiyaning Qirg‘izistondagi elchisi Nikolay Udovichenko chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Foto: RIA novosti

“Qirg’izistondan uch nafar faxriyning ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ammo ko’p narsa ularning sog’lig’iga bog’liqligini tushunsangiz kerak”, dedi elchi.

Udovichenkoga so’zlariga ko’ra, faxriylarning uchishi va ularning hamrohlik qilishlari, shuningdek, Moskvada yashashlari uchun barcha xarajatlar Rossiya tomonidan qoplanadi.