Foto: Google

Quduqda qatlam suvi kelishi ko‘payganligi sababli kunlik gaz qazib chiqarish umuman to‘xtagan edi. Ayni paytda unda suv yo‘llarini to‘sish ishlari amalga oshirilib, 2620 – 2627 metr intervallar oralig‘ida perforatsiya ishlari o‘tkazildi.

Natijada quduqdan bir sutkada 60 – 70 ming kub metrgacha sanoat miqyosida tabiiy gaz olinmoqda.

Ma’lumot uchun: «G‘arbiy Xakkul» gazkondensat koni Buxoro viloyatining Jondor tumanida joylashgan bo‘lib, 2017 yilda ishga tushirilgan.