Foto: Google

Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda haqorat qilgan shaxsga nisbatan 4 460 000 so‘mdan 8 920 000 so‘mgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.

Agar ushbu huquqbuzarlik bir yil ichida takroran sodir etilsa huquqbuzarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi.

Jinoyat kodeksiga asosan haqorat qilgan shaxsga:

  • 44 mln 600 ming so‘mgacha miqdorda jarima;
  • 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
  • 1 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi berilishi mumkin.

Haqorat qilish nashr qilish, boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnda yoki OAV orqali amalga oshirilsa ushbu harakat to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoyat hisoblanadi va aybdor:

  • 44 mln 600 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha jarima;
  • 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
  • 1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.

Agarda haqorat qilish:

  • jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda;
  • xavfli residivist tomonidan;
  • tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan bo‘lsa:
  1. 89 mln 200 ming so‘mdan 133 mln 800 ming so‘mgacha miqdorda jarima;
  2. 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
  3. 1 yilgacha ozodlikni cheklash;
  4. 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.