Foto: RIA novosti

Mingta bemor orasida – “Diamond Princess” kruiz kemasidan 706 kishi.

Yaponiyada Xokkaydo prefekturasida yuqtirgan odamlarning aksariyati – 79 kishi, Aichi prefekturasida – 41 kishi, Tokioda – 40 ta, Kanagavada – 31 ta va Chiba prefekturasida – 14 kishi. Kasallikning birinchi holati chorshanba kuni ertalab e’lon qilindi.

Sog’liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, seshanba holatiga ko’ra 58 nafar bemorning ahvoli og’ir, ulardan 34 kishi kruiz kemasida.

Ayni paytda Yaponiyada koronavirusdan 12 kishi vafot etgan, ulardan oltitasi “Diamond Princess” kruiz kemasining yo’lovchilaridir.