Foto: Google

“Bishkek – O’sh magistralining 493 – kilometrida avtohalokatda yetti kishi halok bo’ldi, yana olti kishi jarohat oldi”, deyiladi xabarda.

Bo’limga ko’ra, 4 mart kuni Burgondo qishlog’i atrofida Mercedes Vito mikroavtobusi va Honda Jazz avtomobili to’qnashgan.

Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari yuborilgan, ular halok bo’lganlarning jasadlarini avtoulov ichkarisidan olib chiqishgan. Baxtsiz hodisa qurbonlari Shomaldi – Say shahridagi kasalxonaga yotqizilgan “, deyiladi xabarda.