Foto: EPA/Vostock-photo

“Bugun bizning davlatimizda fojiali kun, qayg’uli kun. 25 ta o’lim tasdiqlangan”, deydi Li.

Uning so’zlariga ko’ra, bedarak yo’qolganlarni qidirish davom etar ekan, qurbonlar soni ko’payishi mumkin.

O’lganlar bilan bir qatorda kamida 30 kishi jarohat olgan. Nashvil shahrida 48 ga yaqin bino vayron bo’lgan, o’n minglab uylar elektrsiz qolgan.

Oq uyning xabar berishicha, prezident Donald Tramp juma kuni zarar ko’rgan hududlarga borishi mumkin.

Avvalroq AQShning janubi – sharqida tornado natijasida 19 kishi o’lgani xabar berilgan edi.