Foto: EPA/Vostock-photo

Agentlik manbalariga ko’ra, Patnam okrugida 14 kishi, Uilson va Devidson shaharlarida ikkitadan, Benton okrugida esa bir kishi vafot etgan.

Yana bir necha kishi bedarak yo’qolganligi aytilmoqda.

Seshanba kuni, mahalliy vaqt bilan soat 00:40 (Toshkent vaqti bilan 10:40) da Nashvil shahri va uning atrofidagi kuchli to’fon sodir bo’lganligi haqida xabar berilgan.

Qutqaruv xizmatining ma’lumotlariga ko’ra, tornado paytida 400 dan ortiq favqulodda chaqiriqlar qabul qilingan. Kamida 156 kishi kasalxonaga yotqizilgan.

Tornado natijasida 50 ga yaqin bino vayron bo’lgan, turar – joy binolari tomlari yiqilib, elektr uzatish liniyalari shikastlanganligi aytilmoqda xabarda.