Foto: Football 24

Shu bois, parijliklar rahbariyati Kilian Mbappeni to’rt yillikning nufuzli musobaqasiga qo’yib yuborishni xohlamayapti. Olimpiadaning futbol bahslari FIFA tomonidan belgilanmagan vaqtlarda o’tkaziladi. 

Hozirda, Fransiya OTJning qaydnomasida 80 nafar o’yinchi bor. Yakuniy ro’yxatga esa 18 o’ynovchi futbolchi va 4 zaxira azosi kiritiladi. Shuningdek, ularning orasiga 3 nafar yoshi katta futbolchini qo’shib olish limiti ham mavjud. 

Tokio – 2020’ning futbol bellashuvlari 23 iyuldan 8 avgustga qadar bo’lib o’tishi rejalashtirilgan. 

Avvalroq, 21 yoshli forvard Olimpiada chempioni bo’lishni istayotganini aytgandi.