Foto: EPA – EFE/SHEPHERD ZHOU

Bugun 98 yoshli Uxan shahri fuqarosining koronavirusdan muvaffaqiyatli davolangani va kasalxonadan chiqqanligi maʼlum boʻldi.

“Sinxua” axborot agentligi xabariga koʻra, ahvoli ogʻir boʻlgan keksa ayol 55 yoshli qizi bilan tibbiy muassasaga yotqizilgan. Muolajalardan soʻng onaxonning salomatligi tiklangan va uyiga joʻnatilgan.