Foto: Twitter

Sky Sports’ning xabar qilishicha, mazkur sanksiya futbolga oid har qanday faoliyat turiga taaluqli. Bundan tashqari, Starrij 150 ming funt miqdorida jarimaga ham tortilgan.

Angliya futbol assotsiatsiyasi futbolchini totalizatorga oid qoidalarni buzganlikda aybdor deb topgan. Uning amakivachchasi futbolchining transferiga pul tikkan.

Eslatib o‘tamiz, Starrij “Trabzonspor” klubi bilan amaldagi shartnomasini bekor qilgan. U yozda turk klubi bilan 3 yillik kelishuv imzolagandi.

Bunday holat Starrij bilan birinchi marta kuzatilmayapti. Qishki transfer mavsumida futbolchining qarindoshi Starrijning “Milan”ga o‘tishiga 10 ming funt tikkan, o‘sha vaqtda tomonlar kelishuvga yaqin edi. Biroq hujumchi “Vest Bromvich”ga ijara asosida yo‘l olgandi.