Foto: “O‘zstandart” agentligi

Ushbu texnik reglamentning yangi tahririda quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, xususan:

-xavfsizlik talablari o‘rnatiladigan texnik jixatdan tartibga solish obyektlarining ro‘yxati makaron mahsulotlari bilan kengaytirildi.

-texnik reglament teshkulchalar, suxariklar, nonli qalamchalar va boshqa turdagi mahsulotlari uchun “Oxratoksin A” va “2.4 kislota, uning tuzlari va efirlari” yangi xavfsizlik ko‘rsatkichlari bilan.

-non mahsulotlarining xar bir nomi uchun reseptini ro‘yxatdan o‘tkazish paytida namlik va kislotalik darajasining aniq chegaraviy qiymati ko‘rsatish majburiy etib belgilandi.

-non va makaron mahsulotlarini har qanday ifloslanishi va buzilishini oldini olishga qaratilgan choralarni ta’minlash qismida saqlash va tashish talablari kuchaytirildi.

Texnik reglamentning yangi nashri bilan tanishingiz mumkin.