AQSh, Kanada, Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniyada yuzlab kishilar pochta orqali ichida urug‘lar bo‘lgan paketlar olishdi. The Guardian xabariga ko’ra, ular Xitoydan yuborilgan.

Foto: Lenta

Kichik shaffof paketchalardan qora va oq urug‘lar chiqqan. Jo‘natmalar ustiga esa ularning o‘yinchoq yoki bijuteriya ekanligi, oluvchilarning aniq manzili va ism-sharifi yozilgan.

Birgina Floridada 600 dan ortiq kishi ana shunday jo‘natma olgan, bunday holatlar 12 ta shtatda sodir bo‘lgan. Buyuk Britaniyada ham yuzdan ortiq kishi ana shunday jo‘natma olgan, bundan tashqari, Yangi Zelandiya va Portugaliyada ham Xitoydan pochta orqali urug‘ kelishi holatlari qayd etilgan.

Mavzuga doir:
Olimlar shokda! Afrikada 350 bosh fil sirli tarzda oʻldi
18 oy asirlikda bo‘lgan italiyalik qiz uyiga qaytdi
Daryoni suzib o‘tgan tank jurnalistlarni lol qoldirdi

AQSh va Buyuk Britaniya bu borada surishtiruv boshlagan.

Xitoy hukumati pochta stikerlari qalbaki ekanligini bildirgan va tekshiruv o‘tkazish uchun AQSh pochta xizmatidan ushbu jo‘natmalarni berishini so‘ragan.