Foto: Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Yashnobod tumani Parkent va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasidagi uch qavatli ko‘prik qurilishi ishlarini jadallashtirish va ish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida 3 mart soat 23:00 dan 13 martga qadar Yashnobod tumanidagi Maxtumquli ko‘chasining Parkent va Pahlavon Mahmud ko‘chalari oralig‘idagi qismi vaqtincha yopiladi.

Shu vaqt oralig‘ida ushbu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanuvchi transport vositalari aylanma yo‘llar orqali yurishlari mumkin bo‘ladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz, deyiladi xabarda.