Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Tadbir davomida to‘plangan ma’lumotlar asosida xodimlar tumanning Chorbog‘ qo‘rg‘oni, Do‘stlik mahallasida vaqtincha istiqomat qiluvchi M.O.ning xonadonini xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirishgan vaqtda, plastmassa idishga solingan, 42,14 gramm quritilgan, yashil rangli modda va tuvaklarga ekib parvarish qilinayotgan 51 tup giyohvandlik moddasiga o‘xshash o‘simlik topilgan.

Topilgan ashyoviy dalillar sudga oid kimyoviy ekspertiza mutaxassislari tomonidan tekshirib ko‘rilganida u “marixuanna” giyohvandlik moddasi ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Ushbu holat yuzasidan fuqaro M.O.ga nisbatan Bo‘stonliq tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 2-qismi, “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.