Foto: Sports

Buyuk Britaniya hukumati mamlakat hududida koronavirus epidemiyasini tarqalishini oldini olish bo‘yicha choralar ishlab chiqmoqda.

The Guardian nashri tarqatgan xabarga qaraganda bu boradagi asosiy ta’qiq futbolga tegishli bo‘ladi. Unga ko‘ra koronavirus bo‘yicha vaziyat yaxshilanmagunicha APL o‘yinlari tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.

Hukumatning bildirishicha aynan mana shundagina premer – ligada mavsum avval boshida rejalashtirilganidek 17 mayda yakunlanishi mumkin.

Ma’lumot uchun, ayni damda Buyuk Britaniyada koronavirusga chalinganlar soni 40 nafarni tashkil etadi.