Foto: Madaniyat vazirligi

Xalq ijodyoti san`atini rivojlantirish,unutilib borilayotgan marosim va udumlarni qayta tiklash, yoshlarning ijrochilik mahoratini namoyon etish va saviyasini oshirish uchun ijodiy maydon yaratish, aholining madaniyat saviyasini yuksaltirish, folklor ijrochiligi an`analarini saqlash va keyingi avlodga yetkazish maqsadida joriy yilning 31 yanvar kuni Andijon viloyatida “Nurli navolar” viloyat folklor festivali o`tkazildi.

Festivalda 16 ta folklor jamoalari ishtirok etishdi, Hakamlar hay`ati ishtirokchilarni ijro mahorati, dastur syujeti, sahna madaniyati hamda sahna liboslariga qarab 10 ballik tizimda baholab bordilar.

Festival yakunida esa jamoalar hakamlar hay`atining qaroriga asosan turli nominatsiyalar bo`yicha taqdirlandilar.